Matematika fanidan 5-sinflar uchun viktorina savollari 

  1. Bir milliard necha xonali son ?
  2. 15 va 25 orasida nechta natural son bor ?
  3. Natural sonlar qatori qaysi sondan boshlanadi ?
  4. Bir soat necha sekundga teng ?
  5. Qachon ixtiyoriy beshta son ko’paytmasi boshqa ixtiyoriy beshta son ko’paytmasiga  teng bo’ladi ?
  6. Ixtiyoriy sonni qanday songa bo’lish mumkin emas ?
  7. Hisoblash jarayonida qo’shish va ayirish amallaridan qay biri birinchi bajariladi ?
  8. Hisoblash jarayonida ko’paytirish va bo’lish amallaridan qay biri birinchi bajariladi?
  1. Uchta toq sonning yig’indisi qanday son bo’ladi ?
  2. Kvadratning yuzi 64 ga teng bo’lsa, uning tomoni qancha bo’ladi ?
  3. 1 metr necha mm ga teng ?
  4. 120 ning choragi qancha bo’ladi ?
  5. 160 ning nimchoragi qancha bo’ladi ?
  6. Eng kichik uch xonali son qanchaga teng ?
  7. Bir xil raqamlardan tuzilgan barcha ikki xonali sonlarni ayting.
  8. 9 ga bo’lganda 4 qoldiq qoladigan eng kichik ikki xonali son ?
  9. 145 ning o’ng tomoniga ikkita nol qo’yilsa, u necha marta ortadi ?
  10. Kubning nechta yoqi bor ?
  11. Kubning nechta qirrasi bor ?
  12. Kubning nechta uchi bor ?
  13. Kub sirtining yuzi 54 sm2ga teng. Uning qirrasi uzunligi qancha ?
  14. Qirrasining uzunligi 3 sm bo’lgan kub ichiga qirrasining uzunligi 1 sm bo’lgan     nechta kubcha joylashtirish mumkin ?
  15. 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasi nechta nol bilan tugaydi ?
  16. 1, 4, 9, 16, 25, … sonlar qanday ketma-ketlikni tashkil etadi ?
  17. Perimetri 22 sm bo’lib, eni 5 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak yuzini toping.
  18. Hoshim, Hamid, Hakimda 50 ta yong’oq bor. Agar Hoshimda 12 ta, Hamidda  undan 2 marta ko’p yong’oq bo’lsa , Hakimda qancha yong’oq bor ?
  19. Sarvarning puli Anvarnikidan 400 so’mga ortiq. Sarvar o’zining qancha pulini  Anvarga bersa ularning pullari tenglashadi ?
  20. 1, 2, 3 raqamlari yordamida nechta turli raqamli uch xonali son yozish mumkin ?
  21. 150 smlik g’o’lani 30 smlik bo’laklarga ajratish uchun necha marta arralash kerak ?
  22. Mashina 60 km/soat tezlik bilan 3 soat, 70 km/soat tezlik bilan 4 soat yursa, jami  necha kilometr yo’lni bosib o’tadi ?
  23. 3 ga bo’lingan son 9 ga bo’linadimi ?
  24. Sutkaning choragi necha soatdan iborat ?
  25. Qanday kasrlarning qiymati birdan kichik bo’ladi ?
  26. Qanday kasrlarning qiymati birdan katta yoki teng bo’ladi ?
  27. Surat va maxraji o’zaro teng bo’lgan kasrlar qanday ataladi ?
  28. Maxraji 8 bo’lgan barcha to’g’ri kasrlarni ayting.
  29. Surati 5 ga teng bo’lgan barcha noto’g’ri kasrlarni ayting.
  30. Eng katta uch xonali songa eng kichik uch xonali sonni qo’shsak qancha bo’ladi ?
  31. Ikkining uchincni darajasi kattami yoki uchning ikkinchi darajasi kattami ?
  32. 1 m2necha smga teng bo’ladi ?
  33. Uch bola Karim, Salim, Qosim yo’lda ketayotib, 6 so’m pul topib olishdi. Agar  Karimning bitta o’zi chiqqanida qancha pul topib olgan bo’lar edi?
  34. Xonaning to’rtta burchagi bor. Har burchagida bitta mushuk o’tiribdi. Har bir   mushuk qarshisida uchta mushuk, dumida bitta mushuk o’tiribdi. Xonada nechta   mushuk bor?
  35. O’rdaklar ketishayapti: bittasi oldinda ikkitasi orqada, ikkitasi oldinda bittasi   orqada, bittasi ikkitasining o’rtasida va uchtasi qator tizilgan. Hammasi bo’lib    nechta o’rdak bor?
  36. Xonada 6 ta sham yonib turibdi. Uchtasi o’chirilsa, xonada nechta sham qoladi ?
  37. Savatda 6 ta olma bor. Oltita bolaga bittadan bering va savatda bitta olma qolsin.
  38. Uchta tayoqchaning oltita uchi bo’lsa, uch yarim tayoqchaning nechta uchi bor?
  39. Qayin daraxtida 8 ta shox, har bir shoxda 8 ta olma bo’lsa, hammasi bo’lib  nechta olma bor?
  40. Hozir soat 5.Necha daqiqadan so’ng soatning minut mili soat milini,,quvib yetadi’’?
  41. Samolyot Toshkentdan Urganchga 80 minutda, Urganchdan Toshkentga 1 soatu     20 minutda boradi. Qaysi safar samolyotning tezligi katta bo’ladi?
  42. 1 dan 100 gacha natural sonlarni sanaganda 5 raqami necha marta uchraydi ?
  43. Jami nechta ikki xonali son bor ?
  44. Jami nechta uch xonali son bor ?
  45. To’g’ri to’rtburchak qarama-qarshi uchlari tutashtirilsa, shaklda nechta uchburchak    hosil bo’ladi ?
  46. Soat 900da soatning soat va minut strelkalari orasidagi burchak necha gradus ?
  47. Uchta 5 raqami va amal ishoralari yordamida 11 ni hosil qiling.
  48. Uchta 4 raqami va amal ishoralari yordamida 0 ni hosil qiling.
  49. 7 litrlik va 3 litrlik idishlar yordamida hovuzdan 2 litr suv oling.
  50. Shaharga ketayotgan kampir yo’lda qaytayotgan uch yigitni uchratdi. Ularning har  birining bittadan o’g’ilchasi bor edi. Shaharga necha kishi borishdi ?
  51. Aka ukadan bir yosh katta . Qachon ularning yoshlari tenglashadi ?
  52. Har bir natural son o’zidan oldingi son bilan nechaga farq qiladi ?
  53. Eng katta to’rt xonali sondan eng kichik to’rt xonali sonning ayirmasi qancha ?
  54. 1 dan 100 gacha barcha toq sonlar ko’paytmasi qanday raqam bilan tugaydi ?
  55. Ixtiyoriy ikkita ketma-ket natural sonning ko’paytmasi juft sonmi yoki toq son?
  56. 4 ta olmaning narxi 6 ta nokning narxiga teng bo’lsa, 6 ta olmaning narxi nechta  nok narxiga teng ?
  57. Sonning yarmi sonning choragidan necha marta ko’p ?
  58. Bir to’pda 20 metr gazlama bor. 2- to’pda undan 2 marta ko’p, 3- to’pda esa   birinchisidan 3 marta ko’p gazlama bor. Uchchala to’pda jami qancha gazlama bor ?
  59. 1 dan 100 gacha bo’lgan sonlarning nechtasi 7 ga qoldiqsiz bo’linadi ?
  60. To’rtta bola o’zaro shaxmat o’ynashmoqda. Agar ularning har biri raqib bilan       bir martadan shaxmat o’ynagan bo’lsa, jami necha partiya shaxmat o’ynashgan ?
  61. Qirrasining uzunligi 3 sm bo’lgan kub ichiga qirrasining uzunligi 1 sm bo’lgan  nechta kubcha joylashtirish mumkin ?
  62. Ixtiyoriy ikkita natural sonning xona birliklari teng bo’lsa, ular qanday taqqoslanadi?
  63. Maxrajlari teng bo’lgan kasrlardan qay biri katta bo’ladi ?
  64. 1+2+3+4+5+6+7+8+9+10 ni qulay usulda hisoblab, javobini ayting.
  65. 20 qaysi natural sonlarga qoldiqsiz bo’linadi ?
  66. 3 tovuq 3 kunda uchta tuxum qo’ysa, 6 tovuq 6 kunda nechta tuxum qo’yadi ?
  67. Bitta tuxum 4 minutda pishsa, beshta tuxum necha minutda pishadi ?
  68. Oilada 5 ta o’g’ilning har birining bittadan singlisi bor. Oilada nechta farzand bor ?
  69. 7 Biror natural sonni 5 ga bo’lganda qanday qoldiqlar qolishi mumkin ?
  70. Ikki xonali sonlar nechadan boshlanib nechaga yetganda tugaydi ?
  71. 7 To’g’ri kasr teskariga aylantirilsa, qanday kasrga aylanadi ?
  72. To’g’ri to’rtburchakning eni 2 sm ga, bo’yi 18 sm ga teng. Yuzi uning yuziga teng     kvadrat tomoni necha sm ga teng bo’ladi ?
  1. Natural sonni o’nli kasrga qanday qo’shamiz ?
  2. Natural sonni o’nli kasrga qanday ko’paytiramiz ?
  3. O’nli kasrni o’nli kasrga qanday qo’shamiz ?
  4. O’nli kasrni o’nli kasrga qanday ko’paytiramiz ?
  5. O’nli kasrni natural songa qanday bo’lamiz ?
  6. O’nli kasrni o’nli kasrga qanday bo’lamiz ?
  7. 18,745ni o’ndan birlar xonasigacha yaxlitlang.
  8.  8,367 soni qaysi natural sonlar orasida yotadi ?
  1. 5,85 < x< 13,97 shartni qanotlantiruvchi natural sonlarni toping.
  2. 9, 1999soni qaysi natural songa yaqinroq ?
  3. Sobir uch qadam oldinga ikki qadam orqaga tashlab harakat qilmoqda. Agar u    turgan joyidan olti qadam oldinga siljigan bo’lsa , jami necha qadam yurgan ?
  4. 0,098 kg ni grammda ifodalang.
  5. 0,307 km ni metrda ifodalang.
  6. Velosipedchi 5 soatda 60,5 km yo’l yurdi. Xuddi shunday tezlik bilan 4 soatda qancha yo’l yuradi ?
  7. 580 : x = 29 tenglamani yeching.
  8. 5,8 : x =29 tenglamani yeching.
  9. 100 : x = x : 4 tenglamani natural sonlarda yeching.
  10. Ikki velosipedchi ikki shahardan qarama-qarshi yo’lga chiqishdi. Shaharlar  orasidagi masofa 36 km va velosipedchilarning tezligi 12 km/soat bo’lsa , ularqancha vaqtdan so’ng uchrashadilar ?
  11. Eni 2 m, bo’yi 3 m, balandligi 4 m bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped shaklidagi qutini to’la qoplash uchun qancha mato kerak bo’ladi ?
  12. 1 dan 10 gacha natural sonlar kvadratlarini ketma-ket yozib chiqing. Ular orasidagi   farqni toping .

 

6 sinflar uchun

 

  1. 2 ni qaysi songa bo’lsak, 4 hosil bo’ladi ?
  1. Qachon bo’linuvchi va bo’linma o’zaro teng bo’ladi ?
  1. Berilgan uch xonali sonning orqasiga yana shu uch xonali son yozilib olti xonali    son hosil qilindi.Hosil bo’lgan olti xonali son berilgan uch xonali songa bo’lindi.    Natija qanday bo’ldi ?
  1. 2 dan boshqa juft son tub bo’la oladimi ?
  1. 30 ni 15 ga oshirsak, u necha marta oshadi ?
  1. Bir gektar necha metr kvadratga teng ?
  1. Ikki qishloqdan bir-biriga qarab, ikki velosipedchi yo’lga chiqdi. Birining tezligi    soatiga 20 km, ikkinchisiniki esa soatiga 15 km ga teng. Uchrashishlariga 2 soat   qolganda ular orasidagi masofa qanchaga teng bo’ladi ?
  1. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi bog’ atrofiga orasidagi masofa 3 metrdan 10 ta    ustun qo’yilib, bir marta sim panjara bilan o’ralgan. Sim panjara uzunligi qancha ?
  1. Son yarmining yarmi yarimga teng. Sonning o’zi qancha ?
  1. Birinchi qavatdan uchinchi qavatgacha zinalar soni 36 ta . Agar qavatlar     orasidagi zinalar  soni bir xil bo’lsa , birinchi qavatdan oltinchi qavatgacha     nechta zina bor ?
  1. Tezligi 60 km/ soat bo’lgan poezdning uzunligi 1 km. Shu poezd uzunligi 1 km

bo’lgan ko’prikdan necha minutda o’tib ketadi ?

  1. Kitob muqovasi bilan 600 so’m. Agar u muqovasidan 3 marta qimmat bo’lsa,      kitob narxi qancha ?
  1. Oilada ikkita ota va ikkita o’g’il bor, ular uchta olmani bittadan yeya oladimi ?
  1. 66 qanday raqam bilan tugaydi ?
  1. Qachon oddiy kasr qisqarmaydi ?
  1. Katerning oqim bo’ylab tezligi soatiga 21 km ga teng. Agar oqim tezligi soatiga

3 km bo’lsa, katerning oqimga qarshi tezligi qanday ?

  1. Beshta ketma – ket natural sonning o’rta arifmetigi ularning qay biriga teng ?
  1. 6 ta olma 9 so’m tursa, xuddi shunday 8 ta olma qancha turadi ?
  1. To’gri to’rtburchakning bo’yi 2 marta qisqartirilib, eni 2 marta uzaytirilsa ,yuzi      qanday o’zgaradi ?
  1. Qosimning qadami 50 sm, Hakimniki esa 60 sm ga teng. Ularning qadami

birinchi marta necha metrdan keyin ustma-ust tushadi ?

  1. 1litr suv necha sm kub hajmni egalalaydi ?
  1. To’qqizta sonning o’rta arifmetigi 100 ga teng, ularga bir son qo’shilib o’rta      arifmetik hisoblansa, 1000 bo’ladi. Qo’shilgan sonni toping. 
  1. A,B,C nuqtalar bir to’g’ri chiziqda yotadi. A dan B gacha masofa 200 sm, B dan

C gacha masofa esa 500 sm bo’lsa, A dan C gacha masofa qanday bo’ladi ?

  1. Aylananing radiusi 5 sm bo’lsa, uning yuzi qanday bo’ladi ?
  1. Doiraning yuzi 36π ga teng bo’lsa,uning diametri qancha bo’ladi ?
  1. Kvadratning tomoni 10 ga teng bo’lsa, unga ichki chizilgan doira yuzini toping.
  1. 27. Aylanadagi eng katta vatar nima deb ataladi ?
  1. 8 kishi 12 kunda bajaradigan ishni 6 kishi necha kunda bajaradi ?
  1. Detal 1: 3 masshtabda 10 sm bo’lsa , 1: 5 masshtabda necha sm bo’ladi ?
  1. 400 so’mlik mahsulot narxi oshib 560 so’m bo’ldi. U necha foizga qimmatlashgan ?
  1. 320 soni 400 ning necha foizini tashkil qiladi ?
  1. 100 so’mlik mahsulot avval 10% qimmatlashib, so’ngra 10% arzonlashdi. Endi      u qancha bo’ldi ?
  1. Kvadratning tomoni 30% ga oshsa , uning perimetri qanchaga oshadi ?
  1. Kvadratning tomoni 40% ga oshsa, uning yuzi necha foizga oshadi ?
  1. Velosipedchi yo’lning avval yarmini, songra qolgan yo’lning yarmini bosib o’tdi.      Necha foiz yo’l o’tilmay qoldi?
  1. Eng katta manfiy butun sonni ayting.
  1. Eng kichik nomanfiy sonni toping.
  1. Qanday sonlarning moduli qarama-qarshisiga teng bo’ladi ?
  1. Toq dona manfiy sonning ko’paytmasi qanday son bo’ladi ?
  1. Koordinata tekisligi nechta chorakdan iborat ?
  1. Ikkala koordinatasi ham manfiy bo’lgan nuqta qaysi chorakda yotadi ?
  1. Ikkala koordinatasi ham musbat bo’lgan nuqta qaysi chorakda yotadi ?
  1. kasrlarning umumiy maxraji nechaga teng ?
  1. Yoyiq burchakning choragi necha gradusga teng ?
  1. Birdan boshqa umumiy bo’luvchiga ega bo’lmagan sonlar qanday nomlanadi ?
  1. Yon daftar muqovasi bilan 200 so’m turadi. Agar yon daftar muqovasidan     100 so’m qimmat tursa, yon daftarning o’zi qancha turadi ?
  1. Qanday sonlar faqat ikkita bo’luvchiga ega ?
  1. 5,6,7 sonlarining EKUKi nimaga teng ?
  1. Xonadagi pashshalar kuniga ikki marta ko’payadi. Agar xona o’n kunda

pashshaga to’lgan bo’lsa, nechanchi kuni xona yarim bo’lgan ?

  1. 1 va 2 orasiga qanday belgi qo’yilsa, 1 dan katta , lekin 2 dan kichik son     hosil bo’ladi ?
  1. 100 ni 7 ga bo’lganda necha qoldiq qoladi ?
  1. Qanday sonlar eng kam tub ko’paytuvchiga ajraladi ?
  1. Qanday cheksiz davriy o’nli kasrlar sof davriy o’nli kasrlar deyiladi ?
  1. Bo’luvchi 6 ga , bo’linma 5 ga , qoldiq 4 ga teng bo’lsa, bo’linuvchini toping.
  1. Uchta 5 raqami va amal ishoralari yordamida 1 ni hosil qilish mumkinmi ?
  1. 1 dan 100 gacha bo’lgan natural sonlardan nechtasi 7 ga bo’linmaydi ?      (100 ham hisobda)
  1. Qanday sonlar 15 ga qoldiqsiz bo’linadi ?
  1. Qanday sonlar murakkab sonlar deyiladi ?
  1. Tub sonlarning EKUKi qanday topiladi ?
  1. Oddiy kasrlar qanday qisqartiriladi ?
  1. 130 li burchakni 5 marta kattalashtirib ko’rsatuvchi oyna orqali ko’rilmoqda.

Oyna ortidagi burchak necha gradusga teng bo’ladi ?

  1. Aralash sonlarni qanday ko’paytiramiz ?
  1. Maxsulotni sotishdan olinadigan foyda sotilayotgan narxning 20%ini tashkil qiladi.Olinadigan foyda tannarxning necha foizini tashkil qiladi ?
  1. Qanday sonlar sakkizga qoldiqsiz bo’linadi ?
  1. 50 va 60 orasidagi barcha tub sonlarni ayting.
  1. Oddiy kasrni chekli o’nli kasr ko’rinishida tasvirlash uchun maxraji qanday    son bo’lishi lozim ?
  1. Birinchi son 1,5 marta, ikkinchi son 2 marta oshirildi. Ularning ko’paytmasi    necha marta oshdi ?
  1. Bir burchagi qolgan ikki burchagining yigindisiga teng bo’lgan uchburchak     qanday uchburchak bo’ladi ?
  1. A,B,C nuqtalar ketma-ket bir to’g’ri chiziqda yotibdi.Agar AB kesma 10 sm, BC     kesma 20 sm gat eng bo’lsa, AC kesma AB kesmadan necha marta uzun bo’ladi ?
  1. O’tmas burchakli uchburchakning nechta burchagi o’tmas bo’ladi ?
  1. Ixtiyoriy aylana yoyining uzunligi aylana diametridan taxminan necha marta     katta bo’ladi ?
  1. 16 va 20 ni qanday eng kichik nisbatda olish mumkin ?
  1. Qanday hollarda ikkita sonning ko’paytmasi musbat bo’ladi ?
  1. Qanday hollarda ikkita sonning ko’paytmasi manfiy bo’ladi ?
  1. Qanday hollarda ikkita: musbat va manfiy sonning yig’indisi musbat bo’ladi ?
  1. Qanday hollarda ikkita: musbat va manfiy sonning yig’indisi manfiy bo’ladi ?
  1. Ikki shahar orasidagi masofa 210 km. Ulardan bir-biriga qarab ikki motosiklchi

yo’lga chiqdi. Agar birining tezligi 60 km/soat, ikkinchisiniki 80km/soat bo’lsa,

ular necha soatdan so’ng uchrashadi ?

  1. Bir son ikkinchisining 80% iga teng. Ikkinchi son birinchi sondan necha

foiz ortiq ?

  1. Barcha butun musbat sonlar yana qanday nom bilan yuritiladi ?
  1. Teng yonli uchburchak burchaklaridan biri 1000 bo’lsa, uning qolgan burchaklari

necha gradusdan bo’ladi ?

  1. O’tmas burchakli uchburchak teng tomonli bo’la oladimi ?
  1. O’tmas burchakli ucburchakning nechta burchagi o’tkir bo’ladi ?
  1. O’nli kasrlarni qanday qilib 10ga, 100ga, 1000ga,… qulay usulda   ko’paytirish mumkin?

 

  1. O’nli kasrlarni qanday qilib 10ga, 100ga, 1000ga,… qulay usulda   bo’lish mumkin ?
  1. Bir xil maxrajli kasrlar qanday qo’shib, ayriladi ?
  1. Har xil maxrajli kasrlar qanday qo’shib, ayriladi ?
  1. Oddiy kasrlar qanday ko’paytiriladi ?
  1. Oddiy kasrlar ustida bo’lish amali qanday bajariladi ?
  1. Bir xil maxrajli kasrlar qanday taqqoslanadi?
  1. Har xil maxrajli kasrlar qanday taqqoslanadi ?
  1. Agar oddiy kasrlarning maxrajlari o’zaro tub sonlar bo’lsa, ular qanday qilib bir xil maxrajga keltiriladi ?
  1. Ikkita tub son har doim o’zaro tub bo’ladimi ?
  1. Ikkita tub sonning ko’paytmasi nechta natural bo’luvchiga ega bo’ladi ?
  1. Uchta tub sonning ko’paytmasi nechta natural bo’luvchiga ega bo’ladi ?
  1. Ketma-ket ikkita natural sonning yig’indisi 27 ga teng bo’lsa, shu sonlarni toping.
  1. Ketma-ket uchta tub sonning ko’paytmasi 1001 ga teng bo’lsa, shu sonlarni   toping.
  1. Ham ikkiga, ham uchga, ham beshga bo’linadigan sonlarning umumiy ko’rinishi qanday bo’ladi ?
  1. 5 ga , 6 ga , 7 ga bo’lganda 1 qoldiq qoladigan eng kichik natural sonni toping.
  1. Onli kasrlar va oddiy kasrlar ustida birgalikda amal bajarilganda onli kasrlarni oddiy kasrlarga aylantirgan ma’qulmi yoki aksincha oddiy kasrlarni o’nli kasrlarga aylantirgan ma’qulmi ?
  1. Oddiy kasrning suratini ga ko’paytirib, maxrajini ga bo’linsa, kasr qanday o’zgaradi ?

 

7 sinflar uchun

  1. 1 dan 20 gacha bo’lgan sonlar orasidagi barcha tub sonlarni ayting.
  1. 20 dan 40 gacha bo’lgan sonlar orasidagi barcha murakkab sonlarni ayting.
  1. 4 ta sonning o’rta arifmetigi 10 ga , boshqa 6 ta sonning o’rta arifmetigi 20 ga

teng bo’lsa, shu 10 ta sonning o’rta arifmetigi qancha bo’ladi ?

  1. Avtomobil 60 km/soat tezlik bilan manzilga 4 soatda yetib bordi. 80 km/soat

tezlik bilan shu manzilga necha soatda yetib bora oladi ?

  1. 4 : x = 5 : 10 proporsiyaning noma’lum hadini toping.
  1. Har biri x so’mdan 5 ta qalam va har biri y so’mdan 3 ta daftar sotib olindi.     Jami qancha bo’ldi ?
  1. Oyning birinchi shanbasi 2-martga to’g’ri keldi. Qolgan shanbalar oyning qaysi

sanalariga to’g’ri keladi ?

  1. Sonning ikkidan biri, uchdan biri , oltidan biri qo’shilsa 15 bo’ladi. Sonning o’zi qancha ?
  1. 45 soni x sonidan 17 ga ortiq. x sonini toping.
  1. x soni 5 sonidan 2 marta kichik. x sonini toping.

 Qanday holda ax = b chiziqli tenglama cheksiz ko’p yechimga erishadi ?

  1. Qanday holda ax = b chiziqli tenglama yechimga ega bo’la olmaydi ?
  1. Qanday holda ax = b chiziqli tenglama yagona yechimga erishadi ?
  2. k ning qanday natural qiymatlarida x = tenglama natural yechimga erishadi ?
  3. Uchning to’rtinchi darajasi kattami yoki to’rtning uchinchi darajasimi ?
  1. Uchning beshinchi darajasi uchning uchinchi darajasidan necha marta katta ?
  1. 64 soni 2 ning nechanchi darajasiga teng ?
  1. 81 soni 3 ning nechanchi darajasiga teng ?
  1. 5 ning nechanchi darajasi 625 ga teng bo’la oladi ?
  1. 2ab, 3ab va 4ab ning ko’paytmasi qanday bo’ladi ?
  1. 80000 ni standart shaklda ayting.
  1. O’xshash birhadlar deb qanday birhadlarga aytiladi ?
  1. Ko’phadning standart shakli nima ?
  1. 3 ta x ga 5 ta x qo’shilib, 6 ta x ayrilsa, nechta x qoladi ?
  1. To’g’ri to’rtburchakning eni 25% ga orttirilib, bo’yi 20 % ga kamaytirilsa,       yuzi qanday o’zgaradi ?
  1. 18∙7 +12∙7 ni qulay usulda hisoblab ayting.
  1. 100 ning nechta natural bo’luvchisi bor ?
  1. -7  va 7 sonlari orasida nechta butun son bor ?
  1. 200li 3 litr suvga 300li 2 litr suv qo’shildi. Aralashma harorati qanday bo’ldi ?
  1. (x-2)(x-3) ko’paytma qanday ko’phadlarga qoldiqsiz bo’linadi ?
  1. (a + b)2 nimaga teng ?
  1. (a – b)2 nimaga teng ?
  1. a2 – b2 nimaga teng ?
  1. (a + b)3 nimaga teng ?
  1. (a – b)3 nimaga teng ?
  1. a3 + b3 nimaga teng ?
  1. a3-b3 nimaga teng ?
  1. Algebraik ifodalarda umumiy ko’paytuvchi qanday qilib qavs tashqarisiga       chiqariladi ?
  1. Surati x va y sonlarining yig’indisiga , maxraji x va y sonlarining ko’paytmasiga

teng bo’lgan algebraik kasr qanday ko’rinishda bo’ladi ?

  1. Surati x va y sonlarining ko’paytmasiga , maxraji x va y sonlarining ayirmasiga

teng bo’lgan algebraik kasr qanday ko’rinishda bo’ladi ?

  1. Agar uchta kasrning maxraji 2xy, 3xy va 4xy bo’lsa, ularning umumiy maxraji      qanday bo’ladi ?
  1. Sotuvchi 12 ta kostyumni 60000 so’mga olib, 66000 so’mga sotdi. Agar

kostyumlar bir xil bahoda sotilgan bo’lsa, har biri qancha foyda bilan sotilgan ?

  1. Sotuvchi a ta kostyumning har birini b so’mdan oldi. Sotgach jami c so’m

foyda ko’rdi. Har bir kostyumdan qancha foyda ko’rdi ?

  1. O’zaro teskari sonlar ko’paytmasi qanchaga teng ?
  1. Qarama-qarshi sonlar yig’indisi qanchaga teng ?
  1. Toq dona toq sonning yig’indisi qanday bo’ladi ?
  1. Ixtiyoriy sondagi toq sonlar ko’paytmasi qanday son bo’ladi ?
  1. 1 dan 100 (100 ham kiradi) gacha barcha natural sonlar ko’paytmasi nechta  nol bilan tugaydi ?
  1. O’n birning o’n birinchi darajasi qanday raqam bilan tugaydi ?
  1. Hakim va Qosimda 1200 so’m , Hakim va Salimda 14 00 so’m , Qosim va  Salimda 1600 so’m pul bor bo’lsa , uchchalasida jami qancha pul bor ?
  1. Tekislikdagi eng sodda geometrik shakllarni ayting.
  1. Tekislikda yotgan kesishuvchi 2 ta to’g’ri chiziq tekislikni necha qismga ajratadi ?
  1. Nur, to’g’ri chiziq va kesmadan qay biri chegaralangan, qay biri chegaralanmagan ?
  1. Burchaklar qanday turlarga ajraladi ?
  1. Burchak bissektrisasi qanday vazifani bajaradi ?
  1. Burchakning tomoni burchak bissektrisasi bilan 650 li burchak hosil qilsa,

burchakning o’zi qancha ?

  1. Burchak ichidan nur chiqarilganda nechta burchak hosil bo’ladi ?
  1. Soat 1530 da soatning millari orasidagi burchak necha gradusga teng bo’ladi ?
  1. Qo’shni burchaklardan biri ikkinchisidan 2 marta katta bo’lsa, ularni toping.
  1. Qoshni burchaklar o’zaro teng bo’lsa, ularning har biri necha gradusdan ?
  1. Teoremaning aksiomadan qanday farqi bor ?
  1. Qanday to’g’ri chiziqlar perpendikulyar to’g’ri chiziqlar deyiladi ?
  1. Har qanday kesishmaydigan to’g’ri chiziqlar o’zaro parallel bo’la oladimi ?
  1. Bo’g’inlari o’zaro kesishmaydigan yopiq siniq chiziq ko’pburchak bo’lishi     uchun kamida nechta bo’g’indan iborat bo’lishi lozim ?
  1. Teng tomonli uchburchakning ikkinchi nomi ?
  1. Qanday holda uchburchakning ikkita balandligi uchburchak tashqarisiga tushadi ?
  1. Uchburchakning ikkita burchagi 500 va 600 bo’lsa, uchinchi burchagining

gradus o’lchovini ayting.

  1. Uchburchaklar tengligining 1-alomatini ayting.
  1. Uchburchaklar tengligining 2-alomatini ayting.
  1. Uchburchaklar tengligining 3-alomatini ayting.
  1. Teng yonli uchburchakning yon tomoni 20 sm ga teng. Agar uchburchak       perimetri 55 sm bo’lsa , uning asosi qancha ?
  1. Uchburchak bissektrisasi burchak bissektrisasidan qanday farqlanadi ?
  1. Uchburchakning medianasi qanday vazifa bajaradi ?
  1. O’tmas burchakli uchburchak teng tomonli bo’la oladimi ?
  1. Teng yonli uchburchakning qaysi tomoniga tushirilgan medianasi, bissektrisasi  va balandligi o’zaro teng bo’ladi ?
  1. ABC uchburchakning A burchagi 470, B burchagi 720, C burchagi 610 bo’lsa,

uning eng katta tomoni qaysi ?

  1. Uchburchak tomonlari 3 sm, 4 sm va 8 sm .Uning perimetri qanchaga teng ?
  1. Tekislikdagi geometrik yasashlar qanday o’lchov asboblari yordamida amalga     oshiriladi ?
  1. Uchburchak tashqi burchaklarining yig’indisi ichki burchaklari yig’indisidan      necha marta katta ?
  1. Qaysi matematik olim birinchi bo’lib, o’zigacha bo’lgan geometrik tushunchalarni

jamlab, o’zining geometriyaga oid mashhur asarini yaratgan va asarning nomi ?

  1. 972, 492, 882 larni hisoblash uchun qaysi qisqa ko’paytirish formulasidan       foydalanish qulayroq ?
  1. 932, 412, 842 larni hisoblash uchun qaysi qisqa ko’paytirish formulasidan

foydalanish qulayroq ?

  1. 28∙32, 17∙23, 46∙54 ko’paytmalarni hisoblashda qaysi qisqa ko’paytirish

formulasidan foydalanamiz ?

  1. (2 – x) ∙ (2 + x) ∙ (4 + x2) ∙ (16 + x4) ∙ (256 + x8) ko’paytmani soddalashtiring.
  1. ( a + b + c)2 ning yoyilmasini toping.
  1. 73 – 43 ayirma 3 ga bo’linadimi ?
  1. 83 + 33 yig’indi 11 ga bo’linadimi ?
  1. algebraik kasrni qisqartiring.
  2. algebraik kasrni qisqartiring.
  3. algebraik kasrni qisqartiring.
  4. algebraik kasrni qisqartiring.
  1. (22-12) ∙ (32-22) ∙ (42-32) ∙ (52-42) ∙ (62-52) ∙ (72-62) ∙ (82-72) ∙ (92-82) ko’paytma      qanday raqam bilan tugaydi ?
  1. 2n > 127 tengsizlikni qanotlantiruvchi n ning eng kichik natural qiymatini toping.
  1. (x +1) ∙ (x +2) ∙ (x +3) ko’paytma nechanchi tartibli ko’phad bo’ladi ?
  1. (x +1) ∙ (x +2) ∙ (x +3) ko’paytmaning nechta bo’luvchisi bor ?
  2. a+1/a=2 bo’lsa , a2+1/a2  ni toping.
  3. a+1/a=2 bo’lsa, a3+1/a3 ni toping.
  1. x100 + y100 = 5100 tenglamaning butun yechimlarini toping.
  1. 3 ga bo’linmaydigan natural sonning kvadratini 3 ga bo’lsak, qanday qoldiqlar   qoladi ?
  1. Ikkita ketma-ket kelgan natural sonlar kvadratlarining ayirmasi nimaga teng ?

 

8-sinflar uchun viktorina savollari

 Ko’chirib olish

9-sinflar uchun viktorina savollari

Ko’chirib olish

Viktorinada fikr bildirishni o'chirish

Comments are closed.